Ichimlik suvi ta’minoti yaxshilanmoqda
Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, ayniqsa, olis ovullarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Prezidentimiz rahnamoligida aholi turmush farovonligini yuksaltirish, ayniqsa, olis ovullarni toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 25-fevraldagi Respublika aholi punktlarini sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.
Ana shunday e’tiborning yorqin ifodasi sifatida “Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi ichimlik suvi ta’minoti tizimlarini takomillashtirish” loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyihaga ko‘ra, 65 million AQSh dollari miqdoridagi mablag‘ o‘zlashtirilib, qishloq joylarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ko‘zda tutilgan.
– Loyiha doirasida 8 million AQSh dollarilik rekonstruksiya ishlari amalga oshirildi, – deydi Taxiatosh suv tozalash inshooti rahbari Maqset Jumanov. – Natijada Taxiatosh shahri, Xo‘jayli, Shumanay, Qonliko‘l va Qo‘ng‘irot tumanlari aholisini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi yaxshilandi.
Mazkur loyiha bo‘yicha ishlar qizg‘in davom ettirilmoqda.