Ibragimov Farxod Xayrulloyevichning texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Tola ajratgich va linter mashinalari uchun samarali arrali silindrlar konstruksiyasini yaratishning ilmiy-texnik asoslari”, mavzusida
Ibragimov Farxod Xayrulloyevichning 05.02.03 – «Texnologik mashinalar. Robotlar, mexatronika va robototexnika tizimlari» ixtisosligi bo‘yicha “Tola ajratgich va linter mashinalari uchun samarali arrali silindrlar konstruksiyasini yaratishning ilmiy-texnik asoslari” mavzusidagi texnika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi “Paxtasanoat ilmiy markazi” aksiyadorlik jamiyati huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.11.2021.T.141.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 16 iyul kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent sh., Shota Rustaveli ko‘chasi, 8-uy.
Tel.:(+99871) 207-04-03; faks: (+99871) 256-04-21
e-mail: info@paxtasanoatilm.uz.