Ibragimov Farxod Moripovichning veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Innoprovet probiotigi bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan quyonlar go‘shtini veterinariya sanitariya jihatdan baholash” mavzusida
Ibragimov Farxod Moripovichning 16.00.04 – Veterinariya farmakologiyasi va toksikologiyasi. Veterinariya sanitariyasi, ekologiyasi, zoogigiyenasi va veterinar-sanitariya ekspertizasi ixtisosliklari bo‘yicha “Innoprovet probiotigi bilan qo‘shimcha oziqlantirilgan quyonlar go‘shtini veterinariya sanitariya jihatdan baholash” mavzusidagi veterinariya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.08/2025.27.12.V.11.01 raqamli bir martalik Ilmiy kengashning 2026-yil 18-mart kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140103, Samarqand shahri, Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi, 77-uy.
Tel.: +998 (55) 707-76-86
e-mail: ssuv@edu.uz