Husanov asosiy tarkibda: “Manchester Siti” Londonda yirik g‘alabaga erishdi
Abduqodir Husanov esa yangi mavsumda “Manchester Siti” safida navbatdagi bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.
Angliya Premyer-ligasining 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda “Manchester Siti” safarda “Kristal Pelas”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi. “Shaharliklar” shu tariqa mavsumni ketma-ket ikki g‘alaba bilan boshlab, 6 ochko jamg‘ardi.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi. U 89-daqiqaga qadar maydonda harakat qildi va jamoasining yirik g‘alabasiga o‘z hissasini qo‘shdi.
Mehmonlar hisobni 17-daqiqada ochdi. Antuan Semenyoning uzatmasidan keyin Erling Holand to‘pni darvozaga yo‘lladi. Ikkinchi bo‘limda Rayan Sherki 54-daqiqada hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirdi.
56-daqiqada “Kristal Pelas” bitta gol bilan javob qaytardi. Oradan uch daqiqa o‘tib Sherki yana gol urib, dubl qayd etdi. 84-daqiqada esa Holand o‘zining ikkinchi golini kiritib, yakuniy hisobni belgiladi — 1:4.
Shu tariqa, Sherki va Holand dubl qayd etdi. Abduqodir Husanov esa yangi mavsumda “Manchester Siti” safida navbatdagi bor asosiy tarkibda maydonga tushdi.