Huquqbuzarlar jarimaga tortildi
Buxoro viloyati Peshku tumanida tabiatga zarar keltirish, qonunga zid holatlar va javobgarlikning yo‘qligi bo‘yicha muammolar jamoatchilikni tashvishga solmoqda.
Aholi IIB xodimlarining qonunbuzarliklarni oldini olish o‘rniga ularni himoya qilishda ayblanmoqda deb tarqalgan murojaat yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
Cho‘l hududida saksovul o‘simligini sindirayotganligini videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan uch nafar fuqaro jamoatchilik e’tiroziga sabab bo‘ldi. Mazkur holat Peshku tuman Ekologiya bo‘limi hamda Peshku tuman IIB xodimlari tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida, Peshku tumanida yashovchi fuqarolar T.J. M.F. va R.S. tomonidan saksovullarni sindirib, tabiatga zarar yetkazganligi aniqlandi. Natijada holat yuzasidan huquqbuzarlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtkning 79-moddasi 1-qismi bilan ularning har biriga 9 375 000 so‘mdan jarima qo‘llanildi.
Zarif Komilov, O‘zA muxbiri