Humoyun Sultonov Qozog‘istonda porlay boshladi
“President's Cup” turnirida mamlakatimiz sharafini Humoyun Sultonova va Sergey Fomin himoya qilmoqda.
Qozog‘istonning Ostana shahrida tennis bo‘yicha "Chellenjer 50" tasnifiga kiruvchi “President's Cup” turnirida mamlakatimiz sharafini Humoyun Sultonov va Sergey Fomin himoya qilmoqda.
Mukofot jamg‘armasi 63 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu musobaqaning ilk davrasida Humoyun Sultonov italiyalik Aleksandr Bindani 6:3, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Endi tennischimiz argentinalik Luchio Rattiga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lumot uchun, mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Sergey Fomin mazkur turnirning yakkalik bahslari asosiy to‘rining ilk bosqichida neytral tennischi Maksim Jukovga qarshi kortga chiqadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA