Humoyun Sultonov navbatdagi sovrinini ko‘zlamoqda
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Misrda erkaklar o‘rtasida o‘tkazilayotgan tennis turnirida hamyurtimiz Humoyun Sultonov ham ishtirok etmoqda.
Musobaqaning yakkalik bahslarining birinchi davrasida Humoyun Sultonov misrlik Amr Elsayidni 1:6, 6:4, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va ikkinchi bosqichda gruziyalik Saba Purtseladzega qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Shuningdek, mamlakatimizning erkaklar o‘rtasidagi birinchi raqamli tennischisi bo‘lgan Sultonov juftliklar o‘rtasida ukrainalik Yuriy Javakyan bilan tandem hosil qilib, ilk davrada mezbon tennischilar Karim Muhammad Ma’mun va Muhammad Safqatni 6:2, 6:3 hisobida yengdi. Endi Humoyun va Yuriy chorak finalda qozog‘istonlik Grigoriy Lomakin va neytral tennischi Iliya Simakin bilan raqobatlashdi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA