Humoyun Sultonov final ostonasida
Qarshi shahrida erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda yarim final ishtirokchilari aniqlandi.
Qarshi shahrida erkaklar o‘rtasida mukofot jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda yarim final ishtirokchilari aniqlandi.
Musobaqaning 1/4 final bosqichida hamyurtimiz Humoyun Sultonov qozog‘istonlik Timur Xabibulinni 6:1, 6:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Afsuski, boshqa bir tennischimiz Sanjar Fayziev esa qozog‘istonlik Bebit Zukaevga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Endi musobaqaning yarim finalida H.Sultonov rossiyalik Aleksander Igoshin bilan final yo‘llanmasi uchun kuch sinashadi.