Humoyun Sultonov bosh sovrinni ko‘zlamoqda
Hindistonning Mumbay shahrida tennis bo‘yicha M25 tasnifiga kiruvchi xalqaro turnirda mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Humoyun Sultonov chorak finalga yo‘l oldi.
Mukofot jamg‘armasi 25 ming AQSH dollarini tashkil etuvchi ushbu turnirning ikkinchi davrasida Humoyun Sultonov mezbonlar vakili Dev Javiya bilan bahslashdi. Ushbu uchrashuvda tennischimiz 7:5, 6:3 hisobida g‘alaba qozondi va 1/4 finalda o‘ynash huquqini qo‘lga kiritdi.
Endi H.Sultonov nufuzli musobaqaning yarim final yo‘llanmasi uchun o‘tadigan bellashuvda AQSH vakili Adxitya Ganesan bilan kuch sinashadi. Mazkur o‘yin bugun, 15 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA