“Humo” to‘rtinchi bor “Nomad”ni yengdi
Xokkey bo‘yicha Qozog‘iston Ochiq chempionati doirasida "Humo" va "Nomad" jamoalari o‘rtasidagi to‘rtinchi o‘yin bo‘lib o‘tdi.
Mazkur o‘yinda "Humo" klubi raqiblarini 3:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Uchrashuvda dastlab “Nomad” jamoasi a’zosi Artur Gatiyatov ketma-ket gol urib jamoasini 0:2 hisobida oldinga olib chiqdi. Ushbu vaziyatdan sarosimaga tushmagan “Humo” klubi a’zolari o‘yin tizginini o‘z qo‘llariga oldi va Andrey Boluchevskiy, Vadim Kravchenko va Pavel Sinyavskiy tomonidan kiritilgan gollar evaziga yakunda g‘alaba qozondi.

Eslatib o‘tamiz, chempionat doirasida "Nomad"ga qarshi kechgan to‘rtta bahsning barchasida "Humo" klubi g‘alaba qozondi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA