Hududiy muammolar hal etiladi
Yaponiya hukumati Rossiya bilan hududiy muammolarni hal etish uchun tinchlik shartnomasi tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri parlament sessiyasining ochilishidagi nutqida aytib oʻtgan.
Yaponiya hukumati Rossiya bilan hududiy muammolarni hal etish uchun tinchlik shartnomasi tuzishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Yaponiya bosh vaziri parlament sessiyasining ochilishidagi nutqida aytib oʻtgan.“Bizning Rossiya bilan aloqalarimiz gʻayritabiiy holatda, chunki ikki mamlakat oʻrtasida 70 yildan koʻproq vaqt mobaynida hech qanday tinchlik shartnomasi tuzilmagan. Vladimir Putin bilan ishonch munosabatlariga asoslangan holda biz hududiy masalalarni hal qilamiz va Rossiya bilan tinchlik shartnomasini imzolaymiz”, dedi Shinzo Abe.
Shu yilning Sentyabr oyida oʻtkazilgan Sharqiy Iqtisodiy Forumdagi muhokama chogʻida Putin Yaponiyani yil oxirigacha tinchlik kelishuvini oldindan shartlarsiz imzolashi kerakligini aytgan edi. 18 oktyabr kuni Abe Putin bilan Vladivostokdagi suhbat chogʻida Tokio va Moskva oʻrtasidagi tinchlik shartnomasi hududiy masalalarni hal qilmasdan oldin imzolanishi mumkin emasligini bildirdi. Bunga Putin Rossiya hududiy masalalarni hal etmasdan shartnoma imzolashni rejalashtirmagan, deya javob qaytargan edi. Tinchlik kelishuvi imzolanishi, ikki davlat oʻrtasida hududiy muammolarni hal etishga yordam beradigan ishonchni ortishiga xizmat qiladi.