Hosildorlikni oshirish chora-tadbirlari
Qishloq xo‘jaligi ekinlarini zararkunanda va kasalliklardan himoya qilishda biologik usulning ahamiyati beqiyosdir.
Bu usul tabiatdagi ekinlar orasiga trixogramma, brakon va oltinko‘z kabi biomahsulotlarni laboratoriyalarda ko‘paytirib, dalaga mavsumiy chiqarish hamda ulardan samarali foydalanishga asoslangan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumanida jami 7 ta biolaboratoriya joylashgan bo‘lib, shulardan 5 tasi xususiy, 2 tasi esa QQ “Agrokimyohimoya" XAJ tuman filialiga qarashlidir. “Beruniy” ovul fuqarolar yig‘ini hududidagi “Boburjon” biolaboratoriyasida joriy yil hosili uchun fermer xo‘jaliklari bilan 2 ming gektar yerga 13 kilogramm trixogramma, 8 million dona brakon, 7 million dona oltinko‘z yetishtirib berish hamda 500 kilogramm arpa zararlantirish uchun shartnoma tuzilgan.
[gallery-1293]
Ushbu amaliy chora-tadbirlar qishloq xo‘jaligi sohasida hosildorlikni oshirishga xizmat qiladi.
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA