Hokim va tadbirkorlar uchrashuvi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov tadbirkorlar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda 100 nafarga yaqin tadbirkor, shahar va tumanlar hokim o‘rinbosarlari, mutasaddi korxona, tashkilot va muassasalar rahbarlari ishtirok etdi.
Viloyat hokimi muloqot avvalida oldingi uchrashuvlarda qo‘yilgan vazifalar ijrosiga to‘xtalib o‘tdi.
Tadbirkorlar viloyat rahbariga tadbirkorlikni rivojlantirish uchun kredit olish, ijara masalalari, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ob’ektlari qurishga oid masalalarda murojaat etdi. Ushbu murojaatlarda ko‘tarilgan muammolarni hal etish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Hotam MAMADALIEV (surat),O‘zA