Hindistonda harbiy samolyot halokatga uchradi
Hindiston harbiy havo kuchlariga qarashli MiG-29K rusmli o‘quv-mashq samolyoti Arab dengizi ustida halokatga uchragan.
Uchuvchilardan biri bedarak yo‘qolgan, deb xabar beradi Times of India gazetasi.
"MiG-29K mashq samolyoti 26 noyabr kuni soat 17:00 atrofida dengizga qulab tushgan", – deb yozadi nashr.
Samolyot "Vikramaditya" aviatashuvchi kemasidan havoga ko‘tarilgan. Uchuvchilardan biri topilgan, ikkinchisi qidirilmoqda, deyiladi xabarda.