Hindiston sayyohlar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda
Hindiston rasmiylarining ma’lum qilishicha, Covid-19 pandemiyasi tufayli 18 oylik tanaffusdan so‘ng mamlakat horijiy mehmonlar uchun sayyohlik vizalari berishni boshlaydi.
Dastlab ishbilarmonlik, diplomatik yoki talabalik vizasiga ega sayohatchilarga ruxsat berilishi rejalashtirilgan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, pandemiya boshlanishidan 1 yil oldin - 2019 yil mobaynida 10,6 million nafar horijlik sayyoh Hindistonga tashrif buyurgan. 2018 yildan sayyohlikdan keladigan valyuta tushumi 28,6 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.
www.cnn.com sayti materiallari asosida
Gulruh Abdullayeva tayyorladi, O‘zA