Hindiston manzaralari. Agra qal’asi (+video)
Agra deganda dunyo arixitekturasining noyob, takrorlanmas namunasi – Tojmahal tilga olinadi. Ammo Boburiylar bu shaharni imperiya poytaxti sifatida beqiyos qal’a va saroylar qurib olamga tanitdilar. Shunday ulug‘vor inshootlarning biri – Agra qizil qal’asidir. Akbarshox XVI asrning ikkinchi yarmida Yamuka daryosi bo‘yida uch kilometr uzunlikda saltanat boshqaruvi uchun o‘z davrining eng ulkan saroyini qurdi. Qal’a devorlari 20 metr bo‘lib, ikki qavat edi. Ichkarida o‘nlab saroylar, bog‘ va saylgohlar, harbiylar qo‘rg‘oni bor. Barcha inshoatlar Boburiylar uchun an’anaviy bo‘lgan qizil toshdan bunyod etilgan va mana uch yarim asr o‘tibdiki haligacha biron marta ham ta’mirga muhtoj bo‘lmagan.



Keyinchalik, taxtga Shoxjahon o‘tirgach, oq marmar va oltin qoplamali saroy, ayvon, oromgohlar qurilgan. Ular qimmatbaho toshlar bilan bezalgan bo‘lib, haligacha saqlangan.
<iframe width="727" height="409" src="https://www.youtube.com/embed/jxQhL8CoMY0" title="HINDISTON MANZARALARI. AGRA" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muhammadjon Obidov,
Elyor Olimov (video),
O‘zA