Hindiston: mamlakat boshqaruvida kim qanday o‘rin tutadi? (+video)
Ma’lumki, O‘zA dunyo siyosatining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatayotgan, geosiyosiy mavqei, iqtisodiy salohiyati, harbiy qudrati va xalqaro maydondagi nufuzi bilan ajralib turadigan davlatlar rahbariyati haqida turkum ko‘rsatuvlar tayyorlab kelmoqda. Shu paytga qadar Shimoliy Koreya, Eron, Xitoy, AQSH va Janubiy Koreya kabi jahon siyosatining muhim ishtirokchilari haqida so‘z yuritdik.
Endi navbat dunyodagi eng ko‘p aholiga ega mamlakatlardan biri, jadal iqtisodiy rivojlanishi, yadroviy salohiyati va xalqaro munosabatlardagi o‘ziga xos yondashuvi bilan ajralib turadigan Hindiston Respublikasiga.
Qariyb 1,5 milliard aholi istiqomat qiladigan, ulkan iqtisodiy imkoniyatlar va katta harbiy salohiyatga ega bu mamlakatning davlat boshqaruvi tizimi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Hindistonda Prezident davlat boshlig‘i hisoblansa, Bosh vazir hukumatni boshqaradi va mamlakatning ichki hamda tashqi siyosatini amalga oshirishda yetakchi o‘rin tutadi. Mudofaa va tashqi ishlar vazirlari esa milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli kuchlarni rivojlantirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim vazifalarni bajaradi.
Hindiston rahbariyatida turli hayotiy tajriba va kasbiy faoliyat yo‘liga ega shaxslar jamlangan. Bu safda oddiy oilada voyaga yetib, mamlakatning oliy davlat lavozimiga ko‘tarilgan Prezident, yoshligida otasiga choy savdosida yordam berganidan keyin siyosiy maydonning yuqori cho‘qqisiga chiqqan Bosh vazir, ko‘p yillik siyosiy tajribaga ega mudofaa vaziri hamda qariyb qirq yillik diplomatik faoliyatni bosib o‘tgan tashqi ishlar vaziri bor.
Xo‘sh, Hindistonning ichki va tashqi siyosatini belgilashda muhim o‘rin tutayotgan bugungi asosiy siyosiy arboblar kimlar? Ular qanday hayotiy va kasbiy yo‘lni bosib o‘tgan? Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyoti, mudofaa salohiyati va xalqaro maydondagi mavqeini mustahkamlashda ularning o‘rni qanday?
Fardona Yaxshiboyeva,
Ulug‘bek To‘xtayev (video),
O‘zA