Hech kim mehr va e’tibordan chetda qolmaydi
Yangi yil bayramini kattalarga nisbatan bolajonlar intiqlik bilan kutishadi. Sababi ular o‘zlarini orzu qilgan sovg‘alarini Qorbobodan olishiga ishonishadi. Qashqadaryo viloyat hokimi Z.Mirzayev tashabbusi bilan viloyatdagi barcha tashkilot va muassasa rahbarlari, saxovatpesha tadbirkorlar Qarshi shahridagi savdo do‘konlarini aylanib, ko‘plab bolajonlarga quvonch ulashishdi.
Mazkur ezgu tadbir doirasida jami 133 nafar ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan hamda ota-onasi hozirgi kunda jazo muddatini o‘tayotgan oila farzandlariga homiy tashkilotlar tomonidan kiyim-bosh va shirinliklardan iborat Yangi yil sovg‘alari olib berildi.

Viloyat bosh archasi oldida tashkil etilgan tadbirda Zoyir Mirzayev so‘zga chiqib, voha ahlini kirib kelayotgan yangi yil bilan tabrikladi.
Bayram arafasida viloyatning barcha tuman va shaharlarida ham bu kabi saxovat tadbirlari ko‘rinki ruhda tashkil etilmoqda.
O‘.BAROTOV,J.NORQOBILOV (surat), O‘zA