Hayit kuni metroning ish tartibi o‘zgaradi
«Toshkent metropoliteni» DUK tomonidan bayram kunlarida harakat tarkibi qatnovi vaqti quyidagicha tashkil etiladi: 2022 yil 2 may — Ramazon Hayiti bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent metropoliteni tonggi soat 04:00 dan kech soat 00:00 ga qadar o‘z ish faoliyatini olib boradi.
2022 yil 3-4 may kunlari metro yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadval asosida soat 05:00 dan 00:00 gacha yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatadi.
O‘zA