Havo gimnastikasi böyiça jahon çempionati
Samarqand şahridagi sportning öyin turlari va yengil atletikaga ixtisoslaştirilgan sport maktabida havo gimnastikasi böyiça jahon çempionati boşlandi.
Butunjahon havo-kuç atletikasi federatsiyasi (Global Aerial Power Athletics Federation— GAPAF) tomonidan Özbekiston Respublikasi turizm qömitasi kömagida taşkil etilgan musobaqada AQŞ, Braziliya, Turkiya, Rossiya, Qozoğiston, Belarus va Özbekistondan 100 nafardan ziyod sportçi murakkab, muvozanat va egiluvçanlik maşqlarini bajarmoqda.
Iştirokçilar 7-40 yoş va undan yuqori bölgan toifalarni qamrab oladi. Çempionatda bolalar, ösmirlar, kattalar, faxriylar hamda havaskor sportçilar toifalari ham iştirok etmoqda. Uşbu sport turi sirk sanʼati elementlari, badiiy va sport gimnastikasi hamda akrobatikani özida birlaştirgan ekstremal sport turidir.
Özbekistonlik sportçilar rasmiy sport turi sifatida badiiy gimnastika, sport gimnastikasi, trampolin va sport akrobatikasi bilan şuğullanadi. Şu bois mazkur sport turi yurtimizda noolimpiya va mustaqil klublar sporti sifatida şakllanmoqda.
[gallery-32643]
Taşkilotçilarning qayd etişiça, havo gimnastikasi böyiça jahon çempionatining Samarqandda ötkazilişi qadimiy kentning xalqaro sport markazi sifatidagi nufuzini oşiriş, sport turizmini rivojlantiriş, mahalliy atletlarning jahon darajasidagi sportçilar bilan bellaşib, katta tajriba töplaşiga hamda kelgusida yurtimizda uşbu sport turining ommalaşişiga xizmat qiladi.
Ğ. Hasanov, A. Isroilov (surat), ÖzA muxbirlari