Farg‘onada “Futbolimiz kelajagi” musobaqaci g‘oliblari aniqlandi
Farg‘onada “Futbolimiz kelajagi” musobaqacining hududiy final bosqichi o‘tkazildi. Unda uch yosh guruhida 13 mahalla futbol jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Farg‘onada “Futbolimiz kelajagi” musobaqacining hududiy final bosqichi o‘tkazildi. Unda uch yosh guruhida 13 mahalla futbol jamoasi g‘oliblik uchun bahs olib bordi.“Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida o‘tkazilgan musobaqaning hududiy final bosqichida 43 mingdan ziyod o‘smir qatnashgan quyi bosqichlardan saralangan jamoalar ishtirok etdi.
Musobaqada 9-10 yoshlilar o‘rtasida Oltiariq tumanidagi “Tinchlik” shaharcha fuqarolar yig‘ini yoshlari birinchi o‘rinni egalladi. 11-12 yoshlilar o‘rtasida Toshloq tumanidagi “Sadda” mahalla fuqarolar yig‘ini, 13-14 yoshlilar guruhida Farg‘ona shahrining Ibn Sino nomidagi mahalla futbol jamoalari g‘olib bo‘ldi.
– Rostini aytganda, g‘alaba qozonish oson kechmadi, – deydi Oltiariq tumanidagi “Tinchlik” shaharcha fuqarolar yig‘ini jamoasi sardori Asliddin To‘lanboyev. – Bu bahslarda har jihatdan chiniqdik, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ustida murabbiylar ko‘magida izlandik. Urinishlarimiz, sa’y-harakatlarimiz besamar ketmaganidan xursandmiz.
G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.