Harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi
Harbiy prokuratura, Toshkent harbiy okrugi qo‘mondonligi hamkorligida Toshkent tumanining chegara oldi hududida joylashgan G‘isht ko‘prik, Kensoy, Mustaqillik, Sarke va Sirg‘ali mahallalari yoshlari ishtirokida harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda dastlab mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan imkoniyatlar, vatanparvarlik va harbiy xizmat mavzularida yoshlarga ma’lumot berildi. Milliy gvardiya harbiy orkestrining chiqishlari namoyish etildi.


Shuningdek, tadbirda Mudofaa vazirligiga qarashli Toshkent tumanida joylashgan harbiy qism xizmatchilari, DXX Chegara qo‘shinlari, Milliy gvardiya Ohangaron tumani Qo‘riqlash bo‘limi xodimlari o‘zlarining chiqishlari bilan qatnashdi.
Yoshlar o‘rtasida turli sport musobaqalari tashkil etilib, g‘olib va faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.


Gulnoza Boboyeva, O‘zA