Harbiy-vatanparvarlik festivali
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Pop tumanida “Yangi O‘zbekiston armiyasi – mamlakat tayanchi, xalqimiz faxri!” shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali o‘tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni oldidan Istirohat bog‘ida tashkil etilgan mazkur festival va harbiylashtirilgan saylda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari O‘ktam Yo‘ldoshev so‘z olib, barcha yig‘ilganlarni bayram bilan samimiy tabrikladi.
Tadbirda milliy armiyamiz kuch-qudrati, yaratilayotgan keng imkoniyatlar, olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida harbiy xizmatchilarning jangovar chiqishlari hamda zamonaviy qurol-yarog‘lar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
[gallery-21227]
Ishtirokchilar yurt posbonlarining chiqishlarini qizg‘in olqishlar bilan qarshi oldi. Shuningdek, tuman madaniyat vakillari va qator sport maktablarining ayni mazmundagi chiqishlari yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA