"Har kim vijdoni oldida hisob berishi kerak"
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligida ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov boshqargan yig‘ilishda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari hamda xodimlari ishtirok etdi.
Tanqidiy ruhda kechgan yig‘ilishda har bir rahbar va xodim zimmasidagi mas’uliyatni chuqur his qilishi, vazifalar ijrosini ta’minlashga jiddiy yondashishi, shaxsiy javobgarlikni unutmasligi eslatib o‘tildi.

– Har kim kun yakunida vijdoni oldida hisob berishi kerak. «Bugun nima bilan band bo‘ldim, qaysi vazifani uddaladim, ishimdan ko‘nglim to‘ldimi?» kabi. Mana shunday mas’uliyat hissi bilan yashamagan odam bugungi islohotlar jarayonidan ortda qolib ketishi aniq. Demakki, u davr talabiga ham javob berolmaydi, – dedi O.Nazarbekov.
Yig‘ilishda mart oyida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalarga alohida e’tibor qaratildi. Bu borada nazorat qat’iy bo‘lishi ta’kidlandi.
O‘zA