“Har bir mahallaga kitob” loyihasi davom etmoqda
Azaldan yurtimizda kitob qadrlangan. Har bir oilada shaxsiy kutubxona bo‘lgan. U xonadonlarning to‘ridagi tokchalardan joy olgan. Chunki kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho vositalardan biri hisoblanadi.
Azaldan yurtimizda kitob qadrlangan. Har bir oilada shaxsiy kutubxona bo‘lgan. U xonadonlarning to‘ridagi tokchalardan joy olgan. Chunki kitob aqlni charxlaydigan, insonni ma’naviy kamolot sari yetaklaydigan bebaho vositalardan biri hisoblanadi.

bugungi kunda ham aholi, ayniqsa, yoshlarda kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini yuksaltirish tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda. Davlatimiz rahbarining 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida ham har bir mahallada kutubxona tashkil etish kerakligi ta’kidlangan edi. Shu maqsadda O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan “Har bir mahallaga kitob” loyihasi tashkil etildi.

Loyiha doirasida fond tomonidan Navoiy viloyatidagi 254 ta mahalla fuqarolar yig‘inlariga 40 nomdagi 10 mingdan ortiq nodir kitoblar to‘plami ajratildi. Ushbu kitoblar karvoni Navoiy viloyatiga ham yetib keldi. Hozirda “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi tomonidan yetib kelgan kitoblarni mahallalarga topshirish marosimlari bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab Navoiy shahridagi “Umid” mahalla fuqarolar yig‘inida shahardagi 31 ta mahallaga 1240 dona kitoblar topshirildi.

– Kitoblar hech qachon o‘z o‘rnini yo‘qotmaydigan buyuk kuch bo‘lib, mahallalarga topshirilgan kitoblar har bir mahallaning mo‘’jazgina kutubxonasidan o‘rin oladi, undan aholi keng foydalanadi. Zero, bu adabiyotlar bugun xalqning ma’naviyati yuksalishi uchun eng zarur manbadir, – deydi “Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi raisi Faxriddin Soliyev. –Viloyatdagi mahallalarga yetkazilgan kitoblar to‘plami, har bir mahallada o‘z kutubxonasini tashkil qilish, aholini kitobga bo‘lgan qiziqishini orttirish, mahalla ahlining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va mahallalarning ma’naviy xazinasini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Loyiha doirasida Karmana tumanidagi 31 ta, Navbahor tumanidagi 29 ta fuqarolar yig‘inlariga kitoblar to‘plami topshirildi. bugungi kunga qadar O‘zbekiston “Mahalla” xayriya jamoat fondi tomonidan loyiha doirasida 5000 dan ziyod mahallaga 3 milliard so‘mlik kitoblar tarqatildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA