Har beshinchi fuqaro tejamkor yashashga majbur
Rossiyalik fuqarolarning 22 foizi kambagʻallik sharoitida yashaydi.
Rossiyalik fuqarolarning 22 foizi kambagʻallik sharoitida yashaydi.TASSning yozishicha, bu haqda Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi Rossiya xalq xoʻjaligi va davlat boshqaruvi akademiyasi ijtimoiy tahlil va prognozlash instituti monitoringida keltirilgan.
Monitoring xulosalariga koʻra, har beshinchi rossiyalik qatʼiy iqtisodiy sharoitda yashamoqda va oʻz daromadiga faqat eng zarur mahsulotlarni xarid qila oladi.
Tadqiqotda ishtirok etgan respondentlarning 35,6 foizi oʻz daromadlariga risoladagidek ovqatlanishi, kundalik kiyim-kechaklarni xarid qilishi mumkin. Lekin yaroqlilik muddati uzoq vaqtga moʻljallangan yoki chegaralanmagan tovarlarni sotib olish qiyinchilik tugʻdiradi.
Respodentlarning 28,3 foizi esa uzoq muddatga moʻljallangan mahsulotlarni sotib olish imkoniyatiga ega, shu kabi xaridlar ularning istiqboldagi hayot darajasiga salbiy taʼsir qilmaydi.
Xabarda eslatilishicha, avvalroq RF mehnat vaziri Maksim Topilin 20 million rossiyalik qashshoqlik chegarasida yashashini maʼlum qilgan. Bugungi kunda vazirlik mamlakatda qashshoqlik darajasini qisqartirish maqsadida maxsus dastur ishlab chiqmoqda. Boshlangʻich loyiha 2019-yildan mamlakatning 6 hududida start oladi.