Tennischilarimizning g‘alabali odimlari
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Isroil, Yaponiya va Xitoyda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirlarda tajribali sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan Isroil, Yaponiya va Xitoyda xotin-qizlar o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirlarda tajribali sportchilarimiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.Yaponiyaning Kurume shahridagi musobaqada Nigina Abduraimova fransiyalik Jozefina Boualemni 6:4, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, ikkinchi davrada mezbon tennischi Kanaye Xisamiga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.
Xitoydagi musobaqada Oqgul Omonmurodova ilk uchrashuvda xitoylik Fangjou Liuni 6:2, 6:3 hisobida yengdi. Endi tennischimiz tailandlik Nicha Lertpitaksinchai bilan bahslashadi.
Mazkur musobaqaning juftliklar bahsida Oqgul va slovakiyalik Mikayela Gonkova xitoylik Yuki Sheng va gonkonglik Ling Jang ustidan g‘alaba qozondi.
Isroilda o‘tayotgan turnirning yakkalik bahslarida hamyurtimiz Vlada Yekshibarova chorak finalga qadar bo‘lgan uchrashuvlarda fransiyalik tennischilar – Jennifer Zerbone va Fiona Kodinoni yengdi. Endi u qozog‘istonlik Go‘zal Ayniddinovaga qarshi kortga chiqadi.
Musobaqaning juftlik bahslarida Vlada va vengriyalik Naomi Totka birinchi davrada isroillik Ester Masuri va qozog‘istonlik Go‘zal Ayniddinovani, chorak finalda mezbonlar – Shelli Berejnyak va Nikol Nadelni mag‘lub etdi. Turnirning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun Vlada va Naomi isroillik Shir Azran va Maya Taxan bilan raqobatlashadi.