Hamshiralar uchun trening tashkil etildi
Bolalar milliy tibbiyot markaziga tajriba almashish uchun Seul milliy bolalar shifoxonasi (SNUH) vrach-nefrologi, proffessor Yo Xan An hamda urologiya bo‘limi hamshirasi Xidjin Kim tajriba almashish uchun Bolalar milliy tibbiyot markaziga tashrif buyurdi.
Markazning nefrologiya va urologiya bo‘limlari bilan yaqindan tanishib, shifokor va hamshiralar bilan amaliyotda o‘z bilim va tajribalarini o‘rtoqlashdi. Markaz hududidagi modellashtirilgan innovatsion o‘quv markazida hamshiralar uchun trening tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz, 2021 yilning 15 dekabr kuni Innovatsion o‘quv markazining Seul milliy universiteti shifoxonasi vakillari tomonidan Bolalar milliy tibbiyot markaziga topshirilishi haqida ikki tomonlama kelishuvlar imzolangan edi.

Unga ko‘ra, o‘quv markazi mahalliy, yosh kadrlar foydalanishi uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi ixtiyoriga o‘tkazilgan edi.
Mohigul Qosimova, O‘zA