Hamkorlikning qulay va zamonaviy tizimi
Namanganda “Ijro intizomi” idoralararo monitoring va operativ nazorat-axborot hamda “Idoralararo elektron hamkorlik” tizimlarini joriy etish, ularda ishlash va elektron raqamli imzo kalitlarini tarqatish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Namanganda “Ijro intizomi” idoralararo monitoring va operativ nazorat-axborot hamda “Idoralararo elektron hamkorlik” tizimlarini joriy etish, ularda ishlash va elektron raqamli imzo kalitlarini tarqatish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.“Unicon.uz” fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi va viloyat hokimligi komputerlashtirish markazi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirishga qaratilayotgan alohida e’tibor interaktiv davlat xizmatlari va hujjat almashinuvini elektron ko‘rinishga o‘tkazishda yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.
– Bunda sohaning mustahkam huquqiy asoslari yaratilgani muhim omil bo‘lmoqda, – deydi Namangan viloyati hokimligi kompyuterlashtirish markazi rahbari Baxtiyor Oxunboboyev. – Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonuni, Prezidentimiz va Vazirlar Mahkamasiningqator qarorlari, dasturlari hayotga izchil tatbiq etilmoqda. Viloyatda “Ijro intizomi” idoralararomonitoring va operativ nazorat- axborot tizimiga o‘tish tartibiga muvofiq, birinchi bosqichda viloyat, shahar va tuman hokimliklarida 70 dan ortiq tashkilot va ularning quyi bo‘g‘inlari “Ijro intizomi” axborot tizimiga ulandi. Rahbar va mas’ul xodimlarga mazkur tizimda ishlash uchun elektron raqamli imzo kalitlari taqdim etildi.
Prezidentimizning 2015-yil 28-sentabrdagi “Tadbirkorlik subyektlariga “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, ye-ijro tizimi bazasida “Idoralararo elektron hamkorlik” tizimi joriy etilgan hamda mazkur tizimga shahar va tumanlardagi “Yagona darcha” markazlari, davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilot va idoralar ulangan.
"Ijro intizomi" idoralararo monitoring va operativ nazorat-axborot tizimi axborot ta’minoti va qarorlarni qabul qilish jarayonlarini boshqarish, integratsiya qilish va avtomatlashtirishning yangi vositalari va metodlarini qo‘llagan holda mavjud ish yuritish tizimini takomillashtirish, elektron ko‘rinishdagi hujjatlarni hisobga olish, ularni tartibga solish va ijrosini nazorat qilishning yagona majmuasini yaratishga qaratilgan.
Seminarda viloyat tashkilotlari, “Yagona darcha” markazlari hamda 16 turdagi davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillarining ye-ijro elektron hujjat almashinuvi tizimi hamda “Idoralararo elektron hamkorlik” tizimida ishlashiga alohida e’tibor qaratildi. Topshiriqlarning muddatidan kechikib bajarilishi yoki bajarilmay qolish holatlarining oldini olish, nazoratni kuchaytirish va avtomatlashtirish, hujjatlarning idoralar o‘rtasida elektron shaklda aylanish hajmini ko‘paytirish, qog‘oz va mehnat resurslaridan oqilona foydalanish, hujjatlarni yetkazib berish, ularning ijrosi va nazoratini yuritishning tezkorligi hamda qulayligini oshirish, tizimga kiritilayotgan o‘zgarish va yangiliklar, tizimda bevosita ishlash tartiblari yuzasidan fikr almashildi.