Hamkorlik yangi bosqiçga kötariladi
Bugungi globallaşuv şaroitida hududlar örtasidagi töğridan-töğri aloqalarni rivojlantiriş, iqtisodiy va madaniy hamkorlik kölamini kengaytiriş mamlakatlar örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev ilgari surayotgan oçiq va pragmatik taşqi siyosat, xalqaro hamkorlikni kengaytiriş hamda hududlar örtasidagi şeriklik munosabatlarini rivojlantirişga qaratilgan taşabbuslar bu borada yangi imkoniyatlar eşigini oçmoqda.
Ayni yönalişda Buxoro viloyatida ham xorijiy hududlar bilan özaro manfaatli hamkorlikni mustahkamlaş, investitsiyaviy aloqalarni kengaytiriş va yangi iqtisodiy şeriklarni jalb etişga alohida eʼtibor qaratilmoqda.
Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovning Moskva şahar dumasi raisi, “Yagona Rossiya” partiyasi fraksiyasi rahbari Aleksey Şapoşnikov boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuvi ham ana şu maqsadlarga xizmat qilişi bilan ahamiyatli böldi.
Uçraşuvda Botir Zaripov mehmonlarni qadimiy va hamişa navqiron Buxoroga taşrifi bilan qutlar ekan, ikki hudud örtasida savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar, turizm va boşqa sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş uçun salmoqli salohiyat mavjudligini taʼkidladi.

Şuningdek, joriy yil may oyida Buxoroda ötkazilgan II Osiyo xotin-qizlari forumida Moskva şahar dumasi raisi örinbosari Lyudmila Gusevaning iştirokini taşkil etişda körsatilgan kömak uçun minnatdorlik bildirildi. Bu kabi xalqaro tadbirlar nafaqat madaniy va ijtimoiy muloqotni kengaytiradi, balki hududlar örtasidagi hamkorlik uçun ham yangi muloqot maydonini yaratadi.
Aleksey Şapoşnikov Buxoroda bölib turganidan mamnunligini bildirib, taşrifdan közlangan asosiy maqsad hududlararo aloqalarni yangi bosqiçga olib çiqiş, özaro tajriba almaşiş va istiqbolli hamkorlik yönalişlarini belgilaşdan iborat ekanini qayd etdi.
Muloqot davomida Buxoro viloyati va Moskva şahri örtasidagi munosabatlarni amaliy mazmun bilan boyitiş masalalari atrofliça muhokama qilindi. Xususan, savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, tadbirkorlik subʼektlari örtasida töğridan-töğri hamkorlikni yölga qöyiş, turizm sohasida tajriba almaşiş hamda madaniy-gumanitar munosabatlarni mustahkamlaş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi.
Şu bilan birga, ikki hudud vakillari iştirokida biznes uçraşuvlar, madaniy tadbirlar va özaro taşriflarni taşkil etiş yuzasidan fikr almaşildi. Zero, bunday muloqotlarning samarasi faqat kelişuvlar bilan emas, balki ularning natijasida yangi investitsiyaviy loyihalar, işbilarmonlik aloqalari, sayyohlar oqimi va madaniy hamkorlik taşabbuslari paydo bölişi bilan belgilanadi.
Tomonlar hududlar örtasidagi döstona munosabatlarni mustahkamlaş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va yangi hamkorlik taşabbuslarini amaliy natijalar bilan boyitiş muhimligini taʼkidladilar.
Taşrif doirasida delegatsiya aʼzolari Buxoro viloyatining yangi maʼmuriy markazida amalga oşirilayotgan bunyodkorlik işlari bilan ham tanişdilar.
Mazkur uçraşuv Buxoro viloyatining xalqaro hamkorlik geografiyasini kengaytiriş, Moskva şahri bilan mavjud aloqalarni yangi mazmun bilan boyitiş va özaro manfaatli şeriklik uçun istiqbolli yönalişlarni belgilaş yölidagi muhim muloqot böldi. Eng muhimi, bunday aloqalar hududlar iqtisodiy salohiyatini birlaştiriş, yangi imkoniyatlarni işga soliş va aholi farovonligiga xizmat qiladigan amaliy natijalarga erişiş uçun zamin yaratadi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri