Hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Sirdaryo tumanida tibbiyot sohasiga zamonaviy texnologiyalarni jalb etiş, xorijiy tajribani örganiş va malakali mutaxassislar tayyorlaş borasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirişga eʼtibor qaratilmoqda. Şu maqsadda tuman hokimi Azizbek Turdimurodov Xitoyning Guangdong DeXin Medical Technology Co., Ltd. kompaniyasi vakillari bilan uçraşdi.
Muloqot davomida tumanda tibbiyot sohasini rivojlantiriş, zamonaviy tibbiy texnologiyalar va uskunalarni joriy etiş, tibbiy xizmatlar sifatini oşiriş borasidagi imkoniyatlar muhokama qilindi.

Ayniqsa, tibbiyot texnikumi bilan hamkorlikni yölga qöyiş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Bunda taʼlim jarayoniga ilğor xorijiy tajribani tatbiq etiş, öquvçilarning amaliy könikmalarini oşiriş va tibbiyot muassasalari ehtiyojiga mos mutaxassislar tayyorlaş muhim yönalişlar sifatida körib çiqildi.
Bir söz bilan aytganda, bugun tibbiyot sohasidagi taraqqiyot zamonaviy texnologiyalar bilan bir qatorda, ularni amaliyotda samarali qöllay oladigan malakali kadrlarga ham boğliq. Şu jihatdan, xorijiy kompaniyalar bilan hamkorlik nafaqat tibbiy infratuzilmani takomillaştiriş, balki mahalliy mutaxassislarning bilim va tajribasini oşiriş uçun ham yangi imkoniyatlar oçişi mumkin.
Uçraşuv yakunida tomonlar tibbiyot sohasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş hamda kelgusida özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş böyiça kelişib olişdi.
Ğulom Primov, ÖzA muxbiri