Hamisha gavjum sport maktabi
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Zafarobod shaharchasidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining milliy kurash, voleybol, basketbol, futbol, boks kabi sport seksiyalari ayni ta’til kunlari bolalar bilan yanada gavjumlashgan.
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumani Zafarobod shaharchasidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining milliy kurash, voleybol, basketbol, futbol, boks kabi sport seksiyalari ayni ta’til kunlari bolalar bilan yanada gavjumlashgan.Zamonaviy sharoitlarga ega sport maskanida ayniqsa, milliy kurashga qiziqish katta. Ayni paytda bu yerda mazkur sport turi bilan 60 nafar o‘g‘il-qiz muntazam shug‘ullanayotir. Ular orasida turli nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallayotgan yoshlar ko‘p.