Hamidullayev Shohjahon Shuhratovichning texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Masofadan zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanib, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelish xavfini monitoring qilish uslubini takomillashtirish” mavzusida
Hamidullayev Shohjahon Shuhratovichning 11.00.07 – “Geoinformatika” ixtisosligi bo‘yicha “Masofadan zondlash va GAT texnologiyalaridan foydalanib, tog‘ va tog‘ oldi hududlarida sel kelish xavfini monitoring qilish uslubini takomillashtirish” mavzusidagi texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/30.12.2019.T.10.08 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 21-noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100000, Toshkent shahar, Qori Niyoziy ko‘chasi, 39-uy. “Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti” Milliy tadqiqot universiteti.
Tel.: (99871) 237-09-71
e-mail: admin@tiiame.uz