Hafta tafsiloti (+video)
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12-oktabr kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
13-oktabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev issiqxonalar faoliyatiga “yashil” texnologiyalarni joriy qilish va ularning ekologik xavfsiz faoliyat yuritishini ta’minlash yuzasidan taqdimot bilan tanishdi.
Joriy yil 15-oktabrdan kelgusi yil 15-martga qadar issiqxonalarda doimiy ekologik monitoring olib boriladi. Unda chang-gaz tozalash uskunalarining ishlashi, havoga chiqarilayotgan tashlamalar miqdori va yoqilg‘i turlariga qo‘yilgan talablarga rioya etilishi nazorat qilinadi.
Shu va xorij sahnida ro‘y bergan muhim voqealar “Hafta tafsiloti”
D.Bo‘riyev,O.Davronov,
S.Obidjonov, O‘zA