Prezidentning Turkmanistonga tashrifi, tadbirkorlarga qaytarilgan 19,4 million so‘m – Qisqa xabarlar
Bugungi dasturimizda Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonda Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvida ishtirok etgani, Surxondaryoda noqonuniy undirilgan 19,4 million so‘m elektr to‘lovi tadbirkorlarga qaytariladigan bo‘lgani hamda o‘zbekistonlik haydovchilar uchun Germaniya mehnat bozorida yangi imkoniyatlar ochilayotgani haqida so‘z yuritamiz.
Shuningdek, dasturimizdan DXX tomonidan Farg‘onada noqonuniy “Umra” ziyoratini tashkil etishga uringan turfirma xodimi fosh etilgani, «Transfermarkt» reytingida Abduqodir Husanov MDHning eng qimmat futbolchisiga aylangani hamda poytaxtimizdagi “Olimpiya shaharchasi”da suzish bo‘yicha Jahon kubogi bosqichi o‘tkazilayotgani o‘rin olgan.
Ziyovuddin Nuriddinov,
Yoqubjon Meliboyev, O‘zA