Guterrish: Ukrainadan o‘n million tonna don olib chiqildi
“Qora dengiz don tashabbusi” doirasida hozirgacha Ukrainadan 10 million tonna don va oziq-ovqat mahsulotlari olib chiqildi, dedi BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish jurnalistlarga.
"bugungi kunda mazkur tashabbus yangi bosqichga o‘tganidan xursandman. Hozirgacha Qora dengiz yo‘lagidan o‘n million tonna don mahsulotlari olib chiqildi. Shuncha miqdorda yukni olib chiqish uchun uch oy kerak bo‘ldi", – dedi Guterrish.
22 iyulda Istanbulda Rossiya mahsulotlarining eksportiga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilish va Rossiyaning Ukraina bug‘doyini olib chiqishga yordam berishi bo‘yicha ko‘p tomonlama bitim imzolangan edi. Rossiya, Turkiya, Ukraina va BMT vakillari tomonidan imzolangan mazkur bitim don, oziq-ovqat va o‘g‘it mahsulotlarini Qora dengizdagi uchta portdan olib chiqishni nazarda tutadi.