Gullar festivalidan - lavandazorga
FOTOREPORTAJ
Namanganda bo‘lib o‘tayotgan 64-Xalqaro “Gullar festivali” doirasida Pop tumanida “Lavanda sayli” tashkil etildi.
[gallery-23870]
Tadbirning ochilishi katta shodiyonaga aylandi. Unda Namangan viloyat hokimi o‘rinbosari Botirjon Nuritdinov so‘zga chiqib, bu yilgi festivalning nufuzi, mazmun-mohiyati yanada kengaygani, yangi turizm lokatsiyalari kashf etilayotgani, “Lavanda sayli” o‘ziga xos an’anaga aylanib borayotganini ta’kidladi.
Bepoyon tog‘ yon bag‘ridagi bu lavandazor «MEHRIGIYO» mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, shu kunlarda minglab gul shaydolari bilan yanada gavjumlashgan.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA