Gulistonda lift ishlab chiqarilmoqda
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xorijiy sarmoya ishtirokidagi "Moderin lift systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.
Sirdaryo viloyatining Guliston shahrida xorijiy sarmoya ishtirokidagi "Moderin lift systems” mas’uliyati cheklangan jamiyati ish boshladi.Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda viloyat hokimligi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xitoylik sarmoyadorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Guliston shahar hokimi Sh.Ismatullayev va boshqalar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qilayotganini ta’kidladi.
Prezidentimizning joriy yil 21-iyundagi “Mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarni yanada qo‘llab-quvvatlash va tashqi iqtisodiy faoliyatni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Guliston shahrida barpo etilgan mazkur korxonaning loyiha qiymati 5 million dollarga teng. Sarmoyaning 90 foizi xorij investitsiyasi, qolgan qismi mahalliy sarmoyadorlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Yiliga 300 dona lift, 200 dona eskalator va travolator ishlab chiqarish quvvatiga ega korxona ish boshlashi bilan kasb-hunar kollejini bitirgan 25 nafar yosh mutaxassisning doimiy bandligi ta’minlandi. Xitoylik mutaxassislar ko‘magida qayta malaka oshirgan bu yigit-qizlar zamonaviy texnologiyalarni bemalol boshqarmoqda.
Kelgusi yili korxonaning ishlab chiqarish quvvati uch barobar oshadi va yana 75 yangi ish o‘rni yaratiladi.
– Korxonamiz xorijda ishlab chiqarilgan zamonaviy texnologiya va asbob-uskunalar bilan jihozlangan, – deydi “Moderin lift systems” xorijiy sarmoya ishtirokidagi mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori K.Uyg‘unov. – Lift, eskalator va travolatorlar uchun zarur ehtiyot qismlar hozircha Xitoydan keltiriladi. Mahsulotimizning asosiy qismi ichki ehtiyojga ishlatiladi, 30 foizi eksport qilinadi. Ayni paytda viloyatdagi 80 dan ziyod ko‘p qavatli uylarga liftlar, bir qator korxona va tashkilotlarga eskalator va travolatorlar tayyorlab berish uchun shartnomalar imzolandi. Kelgusida ehtiyot qismlarni asosan o‘zimizda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mo‘ljallanmoqda.