Gulchilik – Yangi zaminning asosiy drayveri
FOTOREPORTAJ
Yangi Namangan tumanining Yangi zamin mahallasida gulchilik hudud drayverlaridan biriga aylangan. Mazkur go‘shada 10 ta gul plantatsiyasi mavjud bo‘lib, ayni paytda ushbu issiqxonalarda 155 nafar ayol mehnat qilmoqda.
Muhabbat Qo‘chqorova mahallaning tajribali gulchilaridan. U gul yetishtirish bilan 5-yildan buyon shug‘ullanadi. Gulchining 5 sotixli plantatsiyasida ayni paytda 35 turdagi 10 mingdan ziyod gul parvarishlanmoqda. Ushbu chechaklar an’anaviy Xalqaro gullar festivali uchun hozirlanayotir.
[gallery-16422]
– O‘tgan yilgi Gullar festivalida 3,5 ming dona turfa gul bilan qatnashib, 70 million so‘m daromad qilgandik, - deydi Muhabbat Qo‘chqorova. Joriy mavsumga 2 barobar ko‘p gul olib chiqish niyatidamiz. Daromadni ham shunga yarasha 150 million so‘m atrofida mo‘ljallayapmiz.
Plantatsiyada bahor, yoz oylarida 10-15 kishi mehnat qiladi, kuz, qish mavsumida esa ishchilar soni 40-50 kishigacha ko‘payadi. Ishchilarning har biri oyiga 2-2,5 million so‘m maosh bilan ta’minlanadi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA