“Gubernator kubogi”: ikki nafar bokschimiz finalda
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks boʻyicha “Gubernator kubogi” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boks boʻyicha “Gubernator kubogi” xalqaro turniri boʻlib oʻtmoqda.
Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi matbuot xizmatining maʼlum qlishicha, kecha musobaqaning yarim final janglari oʻtkazilib, unda 3 nafar bokschimiz final yoʻllanmasi uchun ringga koʻtarildi.
Kutilganidek yarim finalda terma jamoamiz aʼzolaridan Abdumalik Xalakov hamda Iqboljon Xoldorov gʻalaba qozonib, final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi. Chunonchi, 56 kg. vazn toifasida Xalakov final yoʻllanmasi uchun kechgan jangda mezbon sportchi Nazir Balayevni magʻlubiyatga uchratgan boʻlsa, 69 kg.gacha boʻlgan vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Iqboljon Xoldorov ham rossiyalik Andrey Kirichenkodan ustun keldi.
Afsuski, 81 kg.gacha boʻlgan vaznda oʻzbekistonlik Kozimbek Mardonov yana bir mezbon bokschi Rishat Bakirovga ochkolar hisobida imkoniyatni boy berdi.
“Gubernator kubogi” xalqaro turnirining final janglari bugun oʻtkaziladi.