Gruziyaga koʻmak beriladi
Shimoliy atlantika alyansi 2018 yilda oʻz kemalarining Qora dengizda boʻlish muddatini 120 kunga uzaytiradi.
Shimoliy atlantika alyansi 2018 yilda oʻz kemalarining Qora dengizda boʻlish muddatini 120 kunga uzaytiradi. NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusseldagi aʼzo davlatlar tashqi ishlar vazirlari yigʻilishiga bagʻishlab tashkil qilingan anjumanda shuni maʼlum qildi.
Stoltenberg, shuningdek, NATO qirgʻoqboʻyi muhofazasi va harbiy-dengiz kuchlarini rivojlantirish boʻyicha Gruziyaga koʻmak berishini aytdi, deyiladi “REGNUM” xabarida.