Gruziya - O‘zbekiston munosabatlari rivojlanmoqda (+video)
Gruziya Bosh vaziri Irakliy Kobaxidzening mamlakatimizga rasmiy tashrifi doirasida erishilgan kelishuvlar ijrosini ta’minlash maqsadida ushbu mamlakat Iqtisodiyot va barqaror rivojlanish vaziri o‘rinbosari Irakliy Nadareyshvili boshchiligidagi delegatsiyasi O‘zbekistoda bo‘lib turibdi.
Mehmonlar kecha Toshkent shahridagi Turin politexnika universitetida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitni ko‘zdan kechirdi. Ushbu oliy ta’lim muassasasi zamonaviy infratuzilmasi, ilmiy-tadqiqot faoliyati hamda talabalarning innovatsion loyihalari bilan yaqindan tanishdi.
Uchrashuv davomida rektor Olimjon To‘ychiyev va delegatsiya a’zolari texnologiyalar transferi, “startup” ekotizimini rivojlantirish, loyihalarni moliyalashtirish, hamkorlikni kuchaytirish, xususan gruziyalik yoshlarni TTPUga jalb etish masalalari muhokama qilindi.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/KgsSSQpM6fU" title="Gruziya - Oʻzbekiston munosabatlari rivojlanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Musulmon Ziyo, Abror Sodiqov (video), O‘zA