Grossi: BMT asta-sekin so‘nib boryapti
BMT borgan sari o‘z ahamiyatini yo‘qotib, asta-sekin o‘lib boryapti, dedi ushbu tashkilot rahbari lavozimiga nomzodlardan biri, MAGATE Bosh direktori Rafael Grossi.
– Men BMT tez orada barham topishini ko‘rmayapman, bu holatni asta-sekin yuz beradigan halokat, deb atashni afzal ko‘rgan bo‘lardim, – deya ta’kidladi Grossi. – Tuzilma ahamiyatini yo‘qotmoqda, inqiroz yoki davlatlar o‘rtasidagi urushlarni hal qilishga sezilarli hissa qo‘sha olmayapti.
Shuningdek, mulozim tashkilotning ijtimoiy dasturlar va iqlim o‘zgarishi kabi sohalardagi “achinarli faoliyati”dan umidsizlik hissini tuyganiga urg‘u bergan.
S.Rahimov, O‘zA