Gretsiya orollarini suv bosdi
Gretsiyaning bir neça mintaqasida kuçli yomğir va momaqaldiroq aholi hayotini izdan çiqardi. Rodos orolida daryo toşib, köçalarni suv bosdi, maşinalar oqdi, savdo dökonlariga zarar yetdi. Arxangelos hududi eng köp talafot körgan joylardan biri böldi.
Xavfsizlik çorasi doirasida Arxangelos va Afandu hududlarida maktablar vaqtinça yopildi. Favqulodda xizmatlar yöllarni tozalaş, oqimda qolgan avtomobillarni olib çiqiş va harakatni tiklaşga kirişgan. Aholiga 112 qisqa raqami orqali ogohlantiriş yuborilib, zaruratsiz köçaga çiqmaslik tavsiya etildi.
Kalimnos orolida ham kuçli yoğingarçilik oqibatida toğ yon-bağridan ulkan xarsang uzilib tuşib, bino tomi ostidagi maşinani şikastlagan. Meteorologlar mamlakatning ğarbiy qismi hamda Egey dengizi şarqiy orollarida tabiat injiqligi davom etişini taxmin qilgan. Çorşanba kunidan ob-havo meʼyoriga tuşişi mumkin.
Musulmon Ziyo, ÖzA