“Green Games” va sport marafonlari o‘tkazildi(+video)
Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi, Sport vazirligi, Mamktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Volontyorlar assotsiatsiyasi, Yengil atletika federatsiyasi va Velosport federatsiyalari bilan hamkorlikda Butunjahon tozalik kuniga bag‘ishlab “Green Games” respublika plogging musobaqasi hamda Xalqaro avtomobilsiz kun munosabati bilan “Yoshlar va ekologiya” xalqaro yugurish marafoni hamda “Ekologiya va velosport” musobaqasi o‘tkazildi.
Musobaqalarda 2000 nafarga yaqin maktab o‘quvchilari, talabalar va eko-faol yoshlar ishtirok etdi. Ishtirokchilar 2 km va 5 km masofaga yugurish, shuningdek, qizlar 2,5 km va o‘g‘il bolalar 5 km masofaga velomarafon bo‘yicha bellashishdi.
Ziyovuddin Nuriddinov, Salimjon Obidjonov, Oybek Davronov, O‘zA