G‘o‘za parvarishida «Zarbdor 30 kun» tadbirlari e’tiborda
FOTOREPORTAJ
Serquyosh o‘lkamizning bugungidek issiq harorati dehqonlar mas’uliyatini yanada oshiradi. Ayniqsa, g‘o‘za parvarishida gul va shonalarni asrab qolish barobarida hosilga hosil qo‘shish choralarini ko‘rish lozim.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligida qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislari va mutasaddilaridan iborat ishchi guruh Namangan tumanida o‘rganish olib bordi.
Dastlab, «G‘ayrat» MMTP hududidagi fermer xo‘jaliklarida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi. Xususan, «Kumush tola», «Abdurahim bobo» fermer xo‘jaliklarida g‘o‘za rivoji o‘rganildi.
Viloyat hokimi «Zarbdor 30 kun» doirasida amalga oshirilayotgan agrotexnik tadbirlar sifatiga e’tibor qaratib, ishlovni kuchaytirish, bunda yana kamida 2 marotaba kultivatsiya o‘tkazish va o‘g‘itlash, g‘o‘zani g‘ovlatib yubormaslik lozimligini ta’kidladi.
Keyingi manzil «Qumqo‘rg‘on namunasi» hamda «Fayzli qo‘rg‘on tolasi» fermer xo‘jaliklari dala maydonlari bo‘ldi. Mutaxassislar g‘o‘za holati bilan tanishib, olib borilishi lozim bo‘lgan dolzarb agrotexnik tadbirlar yuzasidan o‘z tavsiya va maslahatini berdi. Ishchi guruh tumanidagi o‘rganishlari davomida «Sho‘rqo‘rg‘on», «Turkiston», «Navbahor», «Guldrov» MMTPlar hududida ham bo‘ldi.
[gallery-18571]
«Zarbdor 30 kun»likda namuna ko‘rsatib ishlayotgan traktor haydovchilari va suvchilar rag‘batlantirildi.
Viloyat rahbari paxtazorlarda ishlovni davom ettirish barobarida terimga ham puxta tayyorgarlik ko‘rish lozimligini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA