G‘o‘za parvarishi jarayonlari o‘rganildi
FOTOREPORTAJ
Yozning mas’uliyatli pallasida g‘o‘za parvarishi ishlarini to‘g‘ri tashkil etish va mavjud hosil nishonalarini saqlab qolish dolzarb vazifa bo‘lib turibdi.
Namangan viloyati hokimi Shavkat Abdurazzoqov boshchiligidagi ishchi guruh Pop tumani dalalarida g‘o‘za parvarishi jarayonlarini o‘rgandi. Qishloq xo‘jaligi sohasi faxriylari, oqsoqol-maslahatchilar va mutaxassislar ishtirokida “Do‘stlik” MMTP hududidagi “Jannat bog‘i mevasi”, “Rustamxon buva Yo‘lchixon”, “Mirsultonova” MMTP hududidagi “Pop Temurbek Shohizamon”, “Hosil ne’mati”, “Vodiy”, shuningdek, “G‘urumsaroy” MMTP hududidagi fermer xo‘jaliklarida agrotexnik tadbirlarning borishi ko‘zdan kechirildi.
Joriy yilda Pop tumanida jami 6 ming 829 gektar maydonda paxta yetishtirilmoqda. G‘o‘zaning barqaror rivojlanishi va yuqori hosildorlikni ta’minlash maqsadida sohada zarur agrotexnik tadbirlar amalga oshirilmoqda.
[gallery-30345]
Ishchi guruh chopiq ishlari, begona o‘t va zararkunandalarga qarshi kurashish, mahalliy va mineral o‘g‘itlar bilan oziqlantirish, sug‘orish, chekanka ishlarini to‘g‘ri tashkil etish, ularning sifati va samaradorligiga alohida e’tibor qaratdi.
Viloyat hokimi “Dolzarb 30 kunlik”ning har bir kunidan unumli foydalanib, g‘o‘za parvarishini talab darajasida tashkil etish, zararkunandalarga qarshi zamonaviy va biologik usullar asosida samarali kurashish, suvdan tejamkorlik bilan foydalanish hamda sharbat usulida sug‘orishni doimiy nazorat qilish zarurligini ta’kidladi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA