G‘oliblar taqdirlandi
“Sog‘lom tanda – sifatli ta’lim” shiori ostida Kasaba uyushmasi kubogi uchun ommaviy sport musobaqalarining Xorazm viloyati bosqichi yakunlandi.
G‘oliblarni taqdirlash marosimida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyat kengashi raisi Gulsara Qurbonboyeva, viloyat sport boshqarmasi boshlig‘i Nodira Jumaniyozova, viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Iroda Yakubova va boshqalar so‘zga chiqib, ushbu tadbirning ahamiyati haqida to‘xtaldi.

Natijalarga ko‘ra, umumjamoa hisobida kasaba uyushmalari kubogi va 30 million so‘mlik pul mukofoti Urganch shahar jamoasiga nasib qildi. Ikkinchi o‘rinni Shovot, uchinchi o‘rinni esa Tuproqqal’a tuman jamoalari egalladi.
Spartakiadaning barcha turlari bo‘yicha g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
Ahmadjon Shokirov,
Behzod Saidov(surat), O‘zA muxbiri