Global migratsiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri (+video)
Insonlarning bir hududdan boshqasiga ko‘chib o‘tishi turli omillar – iqtisodiy imkoniyatlar, ta’lim, xavfsizlik, siyosiy vaziyat yoki ekologik sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Zamonaviy dunyoda migratsiya nafaqat alohida shaxslar taqdiriga, balki butun jamiyatlar, iqtisodiyot va madaniy munosabatlarga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda.
- Bugungi kunda dunyo xaritasida migrantlar oqimi asosan qaysi yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanyapti?
- Migrant oqimi kengayishi qabul qiluvchi davlat uchun iqtisodiy foyda keltiradimi yoki ortiqcha yuk bo‘ladimi?
- Dunyodagi urushlar va siyosiy keskinlik insonlarning ko‘chish jarayoniga qanchalik ta’sir o‘tkazyapti?
- Kelajakda ekologiya va iqlim yomonlashishi oqibatida yuzaga keladigan migratsiya qanchalik xavfli bo‘lishi mumkin?
- Yaqin yillarda dunyoda migratsiya bilan bog‘liq vaziyat qanday o‘zgaradi?
O‘zA muxbiri shu kabi savollarga javob topish maqsadida Xalqaro migratsiya tashkilotining O‘zbekistondagi missiyasi rahbari Endryu Grey bilan suhbat uyushtirdi.
Mutaxassis fikricha, migrantlar qabul qiluvchi mamlakat iqtisodiyotiga sezilarli foyda keltiradi, ayrim sohalarda esa muayyan bosim kuzatilishi mumkin. Shu bilan birga, demografik o‘zgarishlar va ishchi kuchiga ehtiyoj ortib borayotgani sababli kelajakda migratsiya jarayonlari yanada faollashishi kutilmoqda.
Ko‘rsatuvni O‘zAning “You Tube” каналида tomosha qilishingiz mumkin.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/D2eFPjzwTlc" title="Global migrasiyaning jahon iqtisodiyotiga ta’siri" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Fardona Yaxshiboyeva, Ulug‘bek To‘xtayev (videomuhandis), O‘zA