Germaniyada uchar taksilar sinovdan oʻtkazilmoqda
Taksilarga “CityAirbus” deb nom berildi. Ular masofadan turib boshqariladi va elektrda ishlaydi.
Uchar taksi toʻrtta yoʻlovchini soatiga 120 kilometr tezlik bilan 100 kilometrlik masofadagi manziliga eltib qoʻyishi mumkin, deb xabar beradi “Travel and Leisure”.
Taksilarga “CityAirbus” deb nom berildi. Ular masofadan turib boshqariladi va elektrda ishlaydi.
Muhandislarning umid bildirishicha, yaqin orada ular shaharlarda odam tashiy boshlaydi, shahar koʻchalaridagi avtomashinalar tiqini ularga muammo tugʻdirmaydi. Har bir transport vositasi toʻrtta propeller bilan jihozlangan. Uni harakatlantirish uchun haydovchi talab qilinmaydi. Ijtimoiy masofani saqlash sharoitida u yerda yuradigan taksilar oldida muhim ustunlikka ega, qolaversa, ular shovqinsiz harakatlanadi.
Germaniyada uchar taksi oʻzining birinchi parvozini 2019-yil dekabrda amalga oshirgan edi. Oʻshanda ilk sinov muvaffaqiyatli kechgandi.
Uchar taksilar qachon foydalanishga topshirilishi haqida hozircha aytilmayapti.